AsosiyJamiyat

Prokuror Abduqodir Mo`minovni uzil-kesil 11 yilga qamashni so`ramoqda

'Prokuror Abduqodir Mo`minovni uzil-kesil 11 yilga qamashni so`ramoqda'ning rasmi

Bugun Bloger Abduqodir Mo`minov ishi bo`yicha navbatdagi sud majlisi bo`lib o`tdi. Ushbu sud jarayonida Darakchi.uz' muxbiri ham qatnashdi. 

Muxbirning xabar berishicha, sud avvalida ayblanuvchining onasi sudyadan sudda himoyachi bo`lib ishtirok etishni so`ragan. Sudga raislik qiluvchi prokuror va ayblanuvchi fikrini eshitib iltimosnomani rad etgan.

Shuningdek, prokuror sudyadan Abduqodir Mo`minovga 3 yil muddatga jurnalistik faoliyatni cheklash va uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so`ragan. 

Bloger ishi bo`yicha sud-tergov ishi yakunlandi. Sud 4 avgustgacha tanaffus e`lon qildi. 

    Boshqa yangiliklar