Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Peshko` tuman bo`limi inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o`tkazildi.
Olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Peshko` tuman “Kuyovxo`ja” MFY hududida joylashgan 39-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi hovlisidan maktab qorovuli tomonidan 1 tup o`rik daraxti kesib tashlanganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlikni sodir etgan maktab qorovuliga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,1 mln 650 so`m jarima qo`llanildi.






