AsosiyJamiyat

O`zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi

'O`zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi'ning rasmi

O`zbek san`ati og`ir judolikka uchradi. O`zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi.

N.Hamroqulov 1946 yilning 18 -iyun kuni Andijon viloyatida tug`ilgan. 1973 yilda Toshkent teatr va rasomlik san`ati instituti (hozirgi San`at va madaniyat instituti)ni tamomlagan. 1967 yildan Andijon teatrida, keyichalik viloyat filarmoniyasi kabi ijodiy jamoalarda faoliyat yuritgan. 1987 yilda O`zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.

Xonandaning repertuaridan “Samarqand ushshog`i”, “Toshkent irog`i” kabi ko`plab mumtoz qo`shiqlardan tortib, “Olamni asrang”, “Ra`no”, “Soy ko`rdim”, “Shirinliging”, “Kuldi bahorim”, “Turnalar”, “Ajab sirlar” kabi betakror qo`shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan.  

2020 yilda “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

 

    Boshqa yangiliklar