Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida Gentra rusumli avtomashina yonib ketdi.
Holat yuzasidan viloyat IIBB YHXB ma`lumot berdi.
Kecha, 1 avgust kuni soat 15:30 larda Bo`stonliq tumani hududidan o`tgan Bektemir-Chorbog` avtomobil yo`lining 49-kilometrida haydovchi — 1971 yilda tug`ilgan Q.B boshqaruvidagi Gentra rusumli transport vositasida elektr jihozlarida sodir bo`lgan qisqa tutashuv natijasida avtoulovda yong`in chiqqan va avtomobil to`liq yonib ketgan.
“Ushbu yong`in natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilariga ziyon etmagan”, deyiladi xabarda.






