Toshkent shahrining Sergeli va Yashnobod tumanlarini ba`zi mahallalarida vaqtincha gaz o`chadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2 avgust kuni Sergeli tumani “Yuqori Darxon” MFYdagi Navro`z va Dilxush ko`chalaridan hamda Yashnobod tumani “Mirishkor” hamda “Olmos” mahallalari chegara hududidan o`tgan o`rta bosimli gaz quvurlarini tartibga solish ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan mazkur mahallalarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta`minoti uziladi.






