Poytaxt Toshkentning Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tumanlarining ayrim joylarida issiq suv ta`minoti o`chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, isitish magistralidagi buzilishlarni bartaraf etish maqsadida Shevchenko ko`chasida avariyaviy ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 2 avgust kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta`minoti to`xtatildi:
- Mirobod tumani: Gospitalniy massivi, S. Baraka, Nukus, Shahrisabz, Shevchenko, Oybek, S. Azimov, Chexov, Chimkent, Avliyo ota, Afrosiyob ko`chalari;
- Yashnobod tumani: S. Azimov, Gogol, Istiqlol, Istiqbol ko`chalari;
- Yunusobod tumani: Zarafshon ko`chasi bo`ylab 3 ta ma`muriy bino.
Avariyaviy ishlar soat 19:00 gacha yakunlanishiga qarab, bugun issiq suv ta`minotini tiklash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.






