AsosiyJamiyat

⚡️ O`zbekistonda otoringologiyani rivojlantirish uchun 17 million AQSh dollari yo`naltirilmoqda

'⚡️ O`zbekistonda otoringologiyani rivojlantirish uchun 17 million AQSh dollari yo`naltirilmoqda'ning rasmi

“Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–255-son, 01.08.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 sentyabrdan yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo`yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil qilinadi.

Markaz otorinolaringologiya yo`nalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi hamda “Markaz – hududiy tibbiyot muassasalari – tuman (shahar) tibbiyot muassasalari” tizimi asosida ishlaydi.

2024/2025 o`quv yilidan Markazda otorinolaringologiya ixtisosligi bo`yicha tibbiyot kadrlarini klinik ordinatura orqali tayyorlash tashkil qilinadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar ko`p tarmoqli tibbiyot markazlarining otorinolaringologiya bo`limlari Markazning hududiy filiallari hisoblanadi.

2024 yil 1 yanvardan otorinolaringologiya va yuz-jag` jarrohligi yo`nalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko`rsatilishiga ruxsat beriladi.

2024 yildan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantasiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida qo`shimcha yiliga kamida 2 000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan ta`minlash yo`lga qo`yiladi.

Qaror bilan shuningdek, 2023–2026 yillarda otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Shuningdek, O`zAning yozishicha, O`zbekistonda otoringologiya xizmatini rivojlantirish uchun Koreya Eskimbanki iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg`armasi (EDCF) 2023-2024 yillar davomida 17 million AQSh dollari yo`naltiradi. Mablag` shahar va tuman shiqoxonalarida otoringologlar uskunalarini yangilashga sarflanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar