AsosiyDunyo

Turkmaniston Moskvaga parvozlarni to`xtatdi, o`z fuqarolarini olib chiqib ketadi

'Turkmaniston Moskvaga parvozlarni to`xtatdi, o`z fuqarolarini olib chiqib ketadi'ning rasmi

Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududida, jumladan, Moskvada o`qqa tutilishi kuchaygani munosabati bilan Turkmaniston hukumati o`z fuqarolari – talabalar va mehnat muhojirlarini favqulodda evakuasiya qilishga tayyorgarlik ko`rmoqda, deb xabar bermoqda “Xronika Turkmaniston”.

Ma`lum qilinishicha, 29 iyul kuni erta tongda Ukrainadan o`qqa tutilgan rus aholi punktlarida yashovchi o`z fuqarolarini vaqtincha o`z vatanlariga qaytishga ko`ndirish uchun dengiz orqali Milliy xavfsizlik vazirligining 10 nafar xodimi va Ichki ishlar vazirligining 15 nafar xodimidan iborat guruh Astraxanga etib kelgan. 

Vataniga qaytishni xohlovchilarni mashinada Astraxanga olib ketiladi.

Mudofaa vazirligiga turkman fuqarolari Astraxandan Turkmanboshiga evakuasiya qilinadigan ikkita kema tayyorlash topshirildi. Turkmanboshidan esa ular doimiy yashash joyiga samolyot yoki poezdda bepul etkaziladi.

Astraxanga kelgan xavfsizlik xodimlari va diplomatlarning bir qismi keyinroq Moskvaga Turkmaniston elchixonasiga etib keldi. Milliy xavfsizlik vazirligi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari o`q otish qurollari bilan qurollangan.

Shuningdek, endi Ashxobod – Moskva – Ashxobod yo`nalishi bo`yicha “Turkmaniston havo yo`llari” aviaqatnovlari to`xtatiladi va Ashxobod – Qozon – Ashxobod yo`nalishida amalga oshiriladi.

"Hurmatli yo`lovchilar, 01.08.2023 dan e`tiboringizga havola qilamiz. «Turkmaniston» aviakompaniyasining Ashxobod – Moskva – Ashxobod yo`nalishi bo`yicha parvozlarini amalga oshiruvchi barcha reyslari to`xtatiladi va Ashxobod – Qozon – Ashxobod yo`nalishi bo`yicha amalga oshiriladi", - deyiladi “Turkmaniston havo yo`llari” kompaniyasi xabarida. 

    Boshqa yangiliklar