Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yirik sanoat majmualari va sport ob`ektlari bilan tanishish, yangi korxonalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, kambag`allikni qisqartirish, aholi bandligini ta`minlash hamda mahalliy byudjet daromadlarini ko`paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazilishi kutilmoqda.






