AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda erkak ayolning sochidan sudrab, kanalga tashlab yubordi(video)

'Qashqadaryoda erkak ayolning sochidan sudrab, kanalga tashlab yubordi(video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida noma`lum erkak ayolni sochlaridan tortib, kanalga itarib yubordi. Bu haqda “Millar” dasturida ma`lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, ushbu holat joriy yilning 23 iyul kuni Qashqadaryo tumani “Jumabozor” mahallasida sodir bo`lgan. Jabrlangan ayolning so`zlariga ko`ra, u dugonasi bilan tunda ziyofatdan qaytayotgan bo`lgan. Ular mashina to`xtatganida to`xtamagan va unga tanish bo`lgan yigit kelib ayolni sudragan. 

Ayolning ma`lum qilishicha, uning yonida 2 mln so`mlik taqinchoq va 1 500 000 so`mlik telefoni bo`lgan. Erkak uni majburlab, zo`rlamoqchi bo`lgani sabab ko`ylaklarini yirtib tashlagan.

Bundan tashqari, ayol unga tashlangan erkak spirtli ichimlik ta`sirida bo`lganini va chekkanini aytgan. O`zi esa ichmaganini, qo`lidagi aroqni uyiga borib ichmoqchi bo`lgani bilan izohlagan.

Voqea sodir bo`lgan “Jumabozor” mahallasi raisi holat nazoratga olinganini hamda tungi bazmlar ayol kishiga to`g`ri kelmasligini bildirib o`tgan.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ko`ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Ayolga jarohat etkazgan erkak hozirda qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar