Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda fuqaro D.X. fuqaro Sh.S.ni 15 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida Meksika davlati orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga jo`natishini aytib, oldindan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.