AsosiyJamiyat

Angren shaharida xodimlar ish kuni uzayganidan norozi bo`lib yo`l to`sishdi (video)

'Angren shaharida xodimlar ish kuni uzayganidan norozi bo`lib yo`l to`sishdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda bir guruh xodimlar ish faoliyatidan norozi bo`lib, A-373 yo`nalishining Angren shahar hududidagi yo`lni to`sib qo`yganligi aks etgan video tarqalgan edi. 

Holat yuzasidan Angren shahar hokimligi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 10 iyul kuni "Sungreen tex" chet el korxonasi MChJ ishchi-xodimlaridan bir guruhi ishtirokida sodir bo`lgan. Ular korxona rahbariyatining besh ish kunidan olti ish kuniga o`tish tartibini kiritish bilan bog`liq o`zgartish taklifidan norozi bo`lib, Ohangaron ko`chasida yo`lni to`sish bilan bog`liq harakat qilishgan.

Natijada tegishli mutasaddilar xodimlarning e`tirozini tinglab, korxona rahbariyatiga murojaat qilgan.

Ta`kidlanishicha, shahar hokimi va sektorlar rahbarlari korxona ma`muriyati o`rtasida bo`lib o`tgan o`zaro muloqotlar ishchi-xodimlarning foydasiga hal bo`lgan.

"Muammo joyida bartaraf etilgan. Hozirda korxonada 747 nafar ishchi-xodim qulay mehnat sharoitlarda, besh ish kuni tartibida faoliyat yurityapti",- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar