AsosiyJamiyat

15 ta tuman va bir shahar hokimlarining birinchi o`rinbosarlari lavozimidan ozod etildi

'15 ta tuman va bir shahar hokimlarining birinchi o`rinbosarlari lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

Prezident raisligidagi yig`ilishda ko`plab sharoitlar yaratib berilganiga qaramasdan, Bekobod, Bo`ka, Qo`shko`pir, Shahrixon, Qonliko`l, Taxtako`pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog`ot, Ulug`nor, Xo`jayli va Shumanay tumanlarida kambag`allik darajasi yuqoriligicha qolayotgani qayd etildi.

Tadbirkorlik sohasida aholi bandligini ta`minlash bo`yicha Mirzacho`l, Do`stlik, To`raqo`rg`on tumanlari va Namangan shahrida ishlar sust tashkil etilgan.

Shu munosabat bilan Bekobod, Bo`ka, Qo`shko`pir, Shahrixon, Qonliko`l, Taxtako`pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog`ot, Ulug`nor, Xo`jayli, Shumanay, Mirzacho`l, Do`stlik, To`raqo`rg`on tumanlari va Namangan shahar hokimlarining birinchi o`rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

“Biz mahalladagi ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitish orqali bandligini ta`minlash, biznesini boshlashi uchun har yili o`nlab trillion so`mlik kredit va subsidiyalar ajratayapmiz. Lekin, ularning samaradorligini baholaydigan tizim yo`q”, - dedi Prezident.

Misol uchun, so`nggi uch yilda 300 ming ishsiz aholi kasbga o`qitilgan bo`lsa-da, ularning atigi 45 foizi doimiy ish bilan ta`minlangan. Vaholanki, bu ishlarga qariyb 1 trillion so`m byudjet mablag`lari yo`naltirilgan.

Shuningdek, jami 17 ta monomarkazda IT, agrotexnologiyalar, dizayner, elektron tijorat, logistika, reklama ishi, marketing kabi yuqori daromadli zamonaviy kasblarga, xorijiy tillarga o`qitish ulushi 5 foizga ham etmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar