AsosiyJamiyat

Prezident ajratilayotgan subsidiyalar egalariga etib bormayotgani bo`yicha ham aholida e`tirozlar ko`pligini ta`kidladi

'Prezident ajratilayotgan subsidiyalar egalariga etib bormayotgani bo`yicha ham aholida e`tirozlar ko`pligini ta`kidladi'ning rasmi

Prezident raisligidagi yig`ilishda ajratilayotgan subsidiyalar egalariga etib bormayotgani bo`yicha ham aholida e`tirozlar ko`pligi ta`kidlandi.

Mahalla raislari va hokim yordamchilari bandlik, yoshlar va ayollar jamg`armalari orqali berilayotgan subsidiyalar, oilaviy kreditlar hisobidan mehnat qurollari va tadbirkorlik uchun zarur mahsulotlarni xarid qilish tizimidan norozi.

Mablag`lar aholiga to`g`ridan-to`g`ri berilmasdan, Mahallabay va Yoshlar agentliklari hamda  Markaziy bankning “market pleyslari” orqali “tenderlarda g`olib bo`lgan ta`minotchilar”ga o`tkazib beriladi.

Ya`ni, aholida tanlov yo`q, agentlik yoki bankning elektron platformalaridagi sotuvchilar nimani qancha narxda  taklif qilsa, aholi shuni olishga majbur.

Aholida tanlash imkoniyati etmaganiday, taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlar bozordan 20-25 foiz qimmat.

Bosh prokuratura, Hisob palatasiga imtiyozli mablag`lar hisobidan aholiga mahsulot va xizmatlar taqdim qilayotgan “market pleyslar” faoliyati shaffofligini tekshirish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar