2018-2022 yillar davomida Jinoyat kodeksining 126-moddasida (ko`p xotinli bo`lish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 34 nafar shaxs sudlangan bo`lib, ularga tegishli jazo tayinlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
Joriy yilning dastlabki olti oyi mobaynida ushbu ko`rsatkich 4 nafar shaxsni tashkil etdi.






