2023 yil 1 avgust kuni o`tkazilgan oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovi natijalari e`lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 1 avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abiturientlar o`z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1- my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo`limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.
2- mandat.uzbmb.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini kiritgan holda.
3- Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini yuborgan holda:
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot






