AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi

'1 sentyabrdan “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“Qishloq xo`jaligi sohasiga ilg`or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–257-son, 02.08.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 sentyabrdan “Raqamli qishloq xo`jaligi” yagona integrasion platformasi tarkibida “Agroplatformaaxborot tizimi joriy etiladi.

Mazkur platforma paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar etishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko`rsatishni nazarda tutadi.

2024 yil hosilidan boshlab qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish xarajatlari tijorat banklarining “Agroplatforma” AT orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtiriladi.

Bunda mahsulot etishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko`rsatish yo`lga qo`yiladi.

2023 yil yakunigacha:

  • Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko`rsatish platformasi joriy etiladi;
  • qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.

Bunda, erdan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qilish, qishloq xo`jaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma`lumot va hisobotlarni avtomatik shakllantirish uchun “CropAgro” axborot tizimi joriy etiladi;

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar qishloq xo`jaligi geoportallari takomillashtirilib, tegishli hududlarning qishloq xo`jaligi sohasiga oid geografik, statistik va tahliliy ma`lumotlardan ochiq foydalanish yo`lga qo`yiladi.

Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 fevralgacha sohadagi statistik ma`lumotlarning ishonchliligi va tezkorligini ta`minlash uchun Agrar va oziq-ovqat sohasida vaziyatlarni baholash markazining ishga tushirilishi nazarda tutilgan.

2023 yil 1 oktyabrgacha “Agroplatforma” ATda qishloq xo`jaligi erlaridan foydalanuvchilarning yagona ma`lumotlar bazasi shakllantiriladi.

    Boshqa yangiliklar