AsosiyDunyo

Pekin misli ko`rilmagan suv toshqiniga duch keldi (video)

'Pekin misli ko`rilmagan suv toshqiniga duch keldi (video)'ning rasmi

Xitoy shimolida suv toshqinlari oqibatida 20 ga yaqin odam halok bo`ldi. 133 mingdan ortiq kishi jabrlangan.

Xitoyda qutqaruvchilar bir necha kun davom etgan misli ko`rilmagan yomg`irdan keyin Pekin ko`chalarida suv toshqini tufayli to`sib qo`yilgan odamlarga etib borishga harakat qilmoqda. Yo`llar suv bosgan chekka hududlarga vertolyotlar yuk tashlamoqda.

So`nggi bir necha kun ichida mintaqa shaharlarida kamida 20 kishi halok bo`ldi, 27 kishi bedarak yo`qoldi va 133 mingdan ortiq kishi jabrlandi. To`xtovsiz yog`ayotgan yomg`ir oqibatida ko`chalarni suv bosgan, daraxtlarni ag`darib tashlagan va elektr uzatish liniyalari shikastlangan. Ijtimoyi tarmoqlarda suv ostida qolgan Pekin Dasin xalqaro aeroporti tasvirlari paydo bo`ldi. 

Toshqin Pekin rasmiylarini hayratda qoldirdi. Xitoy poytaxti odatda quruq yoz va doimiy issiq havoga ega.

Xitoyda eng ko`p halokatli suv toshqini 1998 yilda bo`lib, o`shanda 4150 kishi halok bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar