AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 6 oyda kamchiliklarga yo`l qo`yganligi sabab 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

'O`zbekistonda 6 oyda kamchiliklarga yo`l qo`yganligi sabab 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi'ning rasmi

O`tgan olti oyda odil sudlovni amalga oshirishda kamchiliklarga yo`l qo`yganligi sabab 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov ma`lum qildi.

Shuningdek, faoliyatida kamchiliklarga yo`l qo`ygan 128 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi.

O`tgan olti oyda sudyalar faoliyatiga aralashish, ularning daxlsizligiga ta`sir o`tkazishga urinish holatlari bo`yicha Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokuraturaga 3 ta taqdimnoma kiritildi. Buning natijasida 1 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi, 2 ta holat o`rganilmoqda.

Sudyalarni tayinlash, joy-joyiga qo`yish, bo`sh lavozimlar uchun ochiq va oshkora o`tkazilgan tanlovlar natijasida  o`tgan olti oyda 133 nafar nomzod sudyalik lavozimiga tayinlandi.

Ularning 55 nafari sudyalik lavozimida bo`lishning navbatda 10 yillik muddatiga, 3 nafari muddatsiz davrga, 72 nafari vakolati muddati davriga yuqori va boshqa sudyalik lavozimlariga, 3 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovlarga oid ochiq tanlovlarda vakolat muddati tugagan 6 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq deb topildi.

    Boshqa yangiliklar