AsosiyJamiyat

Pensiya jamg`armasi yangi tayinlangan pensiya va nafaqalar bo`yicha ma`lumot berdi

'Pensiya jamg`armasi yangi tayinlangan pensiya va nafaqalar bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Pensiya jamg`armasi 2023 yilning yanvar—iyun oylarida qancha fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangani to`g`risida ma`lumot berdi.

Unda aytilishicha, O`zbekistonda yarim yil ichida 201 ming 216 nafar fuqaroga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi. Shundan 121 ming 620 ta yoshga doir pensiya, 15 ming 326 ta nogironlik pensiyasi, 9 ming 255 ta oilaga boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi va 55 ming 15 fuqaroga nafaqalar tayinlangan.

Jamg`arma xabarida yangi pensiya va nafaqa tayinlanganlarning 101 ming 726 nafari (50,6 foiz) ayollar ekani qayd etilgan.

Statistikaga ko`ra, yangi pensiya va nafaqalar so`ngi yarim yil davomida aprel oyida eng ko`p (36 ming 552 ta) tayinlangan. Keyingi o`rinlar — mart (35 ming 686 ta), iyun (34 ming 750 ta), may (35 ming 401 ta) va yanvar (33 ming 609 ta) oylarida bo`lgan. Eng kam yangi pensiya va nafaqalar fevral oyida (25 ming 218 ta) tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar