Oliy sud binosida fuqaro vafot etdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Joriy yil 3 avgust kuni 1957 yilda tug`ilgan fuqaro M. A. (erkak) Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov hay`ati kassasiya instansiyasida soat 9. 15 ga tayinlangan sud majlisiga da`vogar sifatida kelgan.
Sud majlisi o`z vaqtida boshlangan bo`lib, sud majlisi kotibi taraflarni sud zaliga taklif etish uchun kutish xonasiga chiqqanida M. A. bexush holda yotganini ko`rgan. Shu zahoti barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlariga xabar berilgan. Hodisa joyiga zudlik bilan etib kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan M. A. hayotdan ko`z yumganligi aniqlangan.
Tibbiyot xodimlari bergan birlamchi xulosaga asosan fuqaro M. A.ning o`limiga o`tkir yurak etishmovchiligi sabab bo`lgan.






