AsosiyJamiyat

Xitoy Andijonda katta quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini quradi

'Xitoy Andijonda katta quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini quradi'ning rasmi

Xitoyning “PowerChina International Group Limited” kompaniyasi Andijon viloyatida quvvati 400 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasini quradi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Joriy yilning may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga Oliy darajadagi tashrif doirasida Energetika vazirligi bilan kompaniyasi o`rtasida Andijon viloyatining Andijon tumanida quvvati 400 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo`yicha “Anglashuv memorandumi” imzolangan.

Shunga asosan, Energetika vazirligi, Andijon viloyati hokimiyati va Xitoy kompaniyasi o`rtasida loyihani amalga oshirishning asosiy shartlarini belgilovchi shartnomasi imzolandi. Mazkur shartnomaga muvofiq quyidagi ishlar ro`yobga chiqariladi:

  • loyiha doirasida joriy yilning sentyabr oyida qurilish ishlari boshlanishi, quyosh fotoelektr stansiyasining dastlabki 100 MVt quvvati 2024 yil 1 aprelga qadar va to`liq quvvati 2024 yil 30 noyabrga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan;
  • mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushgandan so`ng yiliga 700 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 212 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga 294 ming tonna zararli issiqxona gazlarining chiqishi oldi olinadi.  

 

Ta`kidlash kerakki, ushbu loyiha uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda foydalanilmaydigan er maydonlari tanlangan.

 

 

 

 

 

 

Ma`lumot uchun: “PowerChina International Group Limited” kompaniyasi 2016-yilda “Power Construction Corporation of China” tomonidan xalqaro loyihalar uchun tashkil etilgan. “PowerChina International Group Limited” bugungi kunga qadar umumiy 200 GVt quvvatga ega loyihalarni amalga oshirgan. Kompaniya 2019-yilda 50,5 mlrd AQSh dollari, 2020 yilda 58,2 mlrd AQSh dollari va 2021-yilda 69,5 mlrd AQSh dollari miqdorida aylanma mablag`larga ega bo`lgan.

 

 

 

O`zbekiston Respublikasi

    Boshqa yangiliklar