Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga ko`ra 2022/2023 o`quv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara to`lovi to`liq Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplash hamda o`quvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg`armasi faoliyati tugatiladi.
Bunda, Respublika maqsadli kitob jamg`armasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligiga o`tkazilib, Davlat byudjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar alohida shaxsiy g`azna hisobvarag`ida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.






