Bugun Shaxmat bo`yicha Jahon kubogining 1/64 finali sensasiyalarga boy bo`ldi, deya xabar bermoqda Xushnudbek.uz.
Ma`lum qilinishicha, oq donalarda o`ynagan Nodirbek Abdusattorov (2725) turkiyalik Vahob Sanal (2585)dan mag`lub bo`lgan. Partiya o`rtasida pozision ustunlikka ega bo`lgan Nodirbek noaniq yurishlar qilishni boshlab, 35-yurishda esa o`ta qo`pol xatoga yo`l qo`ygan. Bu xatosi raqibga to`liq ustunlik bergan. Vahob Sanal bu ustunlikni saqlab qolgan hamda 44-yurishdan so`ng Nodirbek taslim bo`ldi.
Shuningdek, bugun 2700 dan yuqori reytingga ega bo`lgan Sam Shankland hamda Shaxriyar Mamedyarov ham turnirni tark etishdi.
Qolgan ikki nafar hamyurtlarimiz durang o`ynashdi. Jumladan:
- oq donalarda o`ynagan 🇺🇿Javohir Sindorov (2659) avstriyalik 🇦🇹Markus Ragger (2624) bilan;
- qora donalarda o`ynagan 🇺🇿Nodirbek Yakubboev (2640) vengriyalik 🇭🇺Benjamin Gredura (2645) bilan durang o`ynadi.
Endi ertaga ikkala shaxmatchimiz ham tay-brekda tezkor shaxmat orqali keyingi bosqich masalasini hal qilishga harakat qilishadi.






