AsosiyJamiyat

Freedom Payments ofisini niqobli odamlar bosgani aytilmoqda

'Freedom Payments ofisini niqobli odamlar bosgani aytilmoqda'ning rasmi

Toshkentdagi Freedom Payments (Freedom Pay) xorijiy kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kelgani aytilmoqda. Bir necha xodim hibsga olingan. Sabablari hozircha noma`lum.

"Gazeta.uz" Nukus ko`chasidagi xuddi shu biznes markazida joylashgan boshqa kompaniyalar xodimlaridan holatni aniqlashtirib olgan. Qayd etilishicha, idorada bo`lgan bir necha xodim qo`lga olingan. Ularning telefonlari olib qo`yilgan, ular bilan hech qanday aloqa yo`q.

Freedom Payments onlayn-biznes uchun to`lov echimlariga ixtisoslashgan. Bir qancha mamlakatlarda vakolatxonalari mavjud.

    Boshqa yangiliklar