Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha, shimolda esa ba`zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 42° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 30-35° bo`ladi.
04.08.2023 08:13
Bugun harorat 42 daraja issiq bo`ladi






