AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari harorat pasayadi — "O`zgidromet"

'Dam olish kunlari harorat pasayadi — "O`zgidromet"'ning rasmi

"O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha o`rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 35-38 daraja atrofida, ba`zi joylarda 40 darjagacha, janubda ba`zi joylarda 42 darjagacha bo`ladi.

Hududning katta qismida havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat ertaga 5 avgust kuni shimoli-g`arbiy hududlarga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5 avgust kuni ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, havo harorati 32-37 darajagacha pasayadi.

6 avgust yakshanba kuni nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Kunduzgi harorat barcha joylarda 30-35 darajagacha, janubda 35-38 darajagacha pasayadi. Bulutlilik ko`payishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida, shuningdek Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechasi esa Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Bugun shimolda, janubda va cho`l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon balan kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4 avgust kuni shamolning kuchayishi ba`zida 20-25 m/s gacha etishi mumkin.

Poytaxtda: 4-6 avgust kunlari havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi,yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-6 m/s tezlikda esadi, 6 avgustda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 38-40 darajadan 33-35 darajagacha asta-sekin pasayadi.

    Boshqa yangiliklar