AsosiyJamiyat

Toshkentda bir yigit metro yo`liga tushib oldi(video)

'Toshkentda bir yigit metro yo`liga tushib oldi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bir yigit metro yo`liga tushib olgani aks etgan video tarqaldi.

"Toshkent metropoliteni"ning ma`lum qilishicha, holat bugun, 4 avgust sanasida Do`stlik-2 bekatida fuqaro A.M. metro yo`liga tushib qolgan bosh kiyimni olish maqsadida o`zboshimchalik bilan poezd yo`liga tushgan.

Metropoliten va ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar orqali yo`lovchi zudlik bilan xavfsiz tarzda platformaga chiqarilgan.

Fuqaro A.M. ga nisbatan "Metropolitendan foydalanish tartib-qoidalari"ga amal qilmagani sababli bayonnoma rasmiylashtirildi.  

️"Shu bilan bir qatorda metro yo`lida inson hayoti uchun xavfli hisoblanuvchi yuqori kuchlanishli elektr toki mavjudligini eslatib o`tamiz. Shu sababli metrodan foydalanish vaqtida xushyor va sergak bo`ling. Agarda bu kabi holatlarga duch kelganingizda zudlik bilan bekat platformasida faoliyat olib boruvchi xodimlarga murojaat qilishingizni so`raymiz", deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar