Bugun, 5 avgust kuni soat 03:39 da Namangan viloyati Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limiga “Namangan” MFY Mustaqillik shox ko`chasida joylashgan savdo rastalarida yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga 9 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 250 kv.m maydonda do`kon va savdo rastalarining ichki qismida bo`lgan mahsulotlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yong`inni kengayib ketishining oldi olinib, 4000 kv.m maydon saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo`lganlar yo`q.
Hozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






