AsosiyJamiyat

Toshkentda ertalab va kechki payt 3 soatdan yuk mashinalar harakatiga cheklov qo`yilishi mumkin

'Toshkentda ertalab va kechki payt 3 soatdan yuk mashinalar harakatiga cheklov qo`yilishi mumkin'ning rasmi

Toshkentda tig`iz vaqtlarda yuk mashinalari harakati cheklanishi mumkin. Toshkent IIBB tomonidan shaharda tig`iz vaqtlarda yuk mashinalari harakatlanishini cheklash masalasi o`rganilmoqda. Bosh boshqarma ayni paytda bu bo`yicha maxsus so`rovnoma o`tkazmoqda.

Unga ko`ra, yuk avtomobillarining harakati ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha va kechki soat 17:00 dan 20:00 gacha vaqt oralig`ida cheklanishi mumkin.

Bugun, 5 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, so`rovda 5 mingdan ortiq kishi qatnashgan, ularning 87 foizi taqiqqa roziligini bildirgan. 

    Boshqa yangiliklar