AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatining 2 hududida elektrga noqonuniy ulangan MChJlar aniqlandi

'Toshkent viloyatining 2 hududida elektrga noqonuniy ulangan MChJlar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “F.Y.” XUJMSh va “O.K.” MChJ mas`ul shaxslari hududdagi 10 ta ko`p qavatli uyga o`rnatilgan lift hamda ko`cha yoritish chiroqlarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, jami 908,6 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlagan.

Shu kabi, Departamentning Yangiyo`l shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.E.” MChJ mas`ul shaxslari 22 ta ko`p qavatli turar joy binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, jami 472,3 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlagan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar