UzAuto Motors kecha, 4 avgustdan boshlab mashinalar uchun shartnoma berish boshlanganini e`lon qilgan edi.
Shundan so`ng, bugun bir sutka o`tib, misli o`rinmagan tirbandliklar yuzaga keldi.
Shartnoma berish boshlanganidan bir kun o`tib bugun, 5 avgust kuni UzAuto Motors kontraktasiyalar uchun to`liq tuzib bo`lganini e`lon qildi.
"4-5 avgust kunlari ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 50 000 dan ortiq shartnoma imzolandi. Qolaversa, sizga shuni ma`lum qilamizki, shartnomalarning bir qismi bo`yicha to`lov o`z vaqtida, 7 kalendar kundan keyin amalga oshirilmasa ushbu shartnomalar yana qayta kontraktasiya uchun ochiq bo`ladi" deyiladi xabarda.