Ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum haydovchi ayol kishi boshqaruvidagi avtomashinani tepib, texnik shikast etkazganligini aks etgan videolar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 4 avgust kuni taxminan soat 00.10 larda Yunusobod tumani A.Temur ko`chasida “Cobalt” haydovchisi 2002 yilda tug`ilgan M.X. hamda “Gentra” rusumli avtomashina haydovchisi 1999 yilda tug`ilgan D.T.lar orasida yo`lda o`zaro kelishmovchilik kelib chiqqanligi aniqlangan.
Kelishmovchilik natijasida “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi “Gentra” rusumli avtomashinaga texnik shikast etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi, deyiladi xabarda.






