AsosiyJamiyat

Toshkentda qo`lida guldasta bilan yalang`och yurgan yigit ruhiy kasalxonaga joylashtirildi (video)

'Toshkentda qo`lida guldasta bilan yalang`och yurgan yigit ruhiy kasalxonaga joylashtirildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi ko`chalarning birida shaxsi noma`lum bo`lgan erkak yalang`och holatda guldasta ko`tarib ketayotganligi aks etgan video tarqaldi. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 4 avgust kuni Yunusobod tumani 11-mavze hududida 1992 yilda tug`ilgan T.A. qo`lida guldasta bilan yalang`och holda jamoat joyida harakatlanib, bu xatti-harakati bilan fuqarolarning norozichiligini keltirib chiqargan.

Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o`tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro T.A. Toshkent shahar Ruhiy-asab kasalliklar guruhi shifokori tomonidan ko`rikdan o`tkazilgan. Ko`rik natijasida fuqaro T.A.ning ruhiyatida buzilish aniqlanganligi sababli fuqaro shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergoga qadar qo`shimcha tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar