AsosiyJamiyat

Bugun tongda Afg`onistonda sodir bo`lgan zilzila O`zbekistonda ham sezildi

'Bugun tongda Afg`onistonda sodir bo`lgan zilzila O`zbekistonda ham sezildi'ning rasmi

O`zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 06.08.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 05:32 da (06.08.2023 yil, Grinvich bo`yicha 00:32 da) Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi.  

Zilzila koordinatalari: 36,58 gradus shimoliy kenglik; 70,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,9. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 536 km janubiy-sharqda.

O`zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Surxandaryo viloyatida 4 ball, 311 km.

Farg`ona viloyatida 4 ball, 433 km.

Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 465 km.

Jizzax viloyatida 3-4 ball, 465 km.

Samarqand viloyatida 3-4 ball, 471 km.

Andijon viloyatida 3-4 ball, 489 km.

Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 498 km.

Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 km.

Toshkent shahrida 3- ball, 535 km.

 

    Boshqa yangiliklar