AsosiyDunyo

Gruziyada sodir bo`lgan ko`chki qurbonlari soni ko`payib bormoqda

'Gruziyada sodir bo`lgan ko`chki qurbonlari soni ko`payib bormoqda'ning rasmi

Gruziya sog`liqni saqlash vaziri Zurab Azarashvili shanba kuni qutqaruvchilar Shovidagi ko`chki joyida o`n uchinchi qurbonning jasadini topgani haqida ma`lum qildi.

“Vaziyat har daqiqada o`zgarib bormoqda, qutqaruvchilar o`n uchinchi qurbonni topishdi. Yana 23 kishini qidirish davom etmoqda, biz ularni tirik topishga umid qilamiz”, dedi u jurnalistlarga.

Qidiruv ishlarida 400 nafar qutqaruvchi va 200 dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etib, vayron bo`lgan kottejlar o`rnida ikki metrlik loy va tosh oqimlarini qazishmoqda.

Shovidagi ko`chki 3 avgust kuni kechqurun sodir bo`lgan edi. Oqibatda elektr uzatish liniyalari, ko`priklar va yo`llar, shuningdek, sayyohlik uylari va mehmonxona zarar ko`rgan.

Ayni damda ofat hududidan 200 dan ortiq odam evakuasiya qilingan.

Hokimiyat vertolyotlarni falokat oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilgan.

Fojia munosabati bilan 7 avgust Gruziyada motam kuni deb e`lon qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar