AsosiyDunyo

Rossiyalik qo`shiqchi baxtsiz hodisa tufayli og`ir jarohat oldi

'Rossiyalik qo`shiqchi baxtsiz hodisa tufayli og`ir jarohat oldi'ning rasmi

Rossiyalik qo`shiqchi Ladu Dens baxtsiz hodisa natijasida miya jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qo`shiqchi Sochidan Moskvaga kelgan va Domodedovo aeroportidan Rublyovkadagi uyi tomon yo`l olgan.

Podolsk viloyatida uchta avtomashina ishtirokida YTH  sodir bo`lgan. Mashinalardan birida qo`shiqchi bo`lgan. 

IIVning Moskva viloyati bo`yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, voqea oqibatida to`rt kishi jabrlangan.

Ladu Dens boshidan jarohat olib, shifoxonaga etkazilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

    Boshqa yangiliklar