"O`zgidromet" 8-10 avgust kunlari O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan havo harorati haqida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra,
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 30-35° bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi. yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 8 avgustda 30-35°, 9-10 avgustda 32-37° bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 8 avgustda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, 9-10 avgustda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 8 avgustda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 9-10 avgust yog`ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 8 avgustda 20-25° 9-10 avgustda 23-28° bo`ladi.






