O`zbekistonning ikkita hududida boshlang`ich sinf o`quvchilariga bepul ovqat (davlat hisobidan) tarqatish tizimi yo`lga qo`yildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig`ilishida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo`chqorov ma`lum qildi.
Jamshid Qo`chqorovning aytishicha, hozirda 285 ming nafar boshlang`ich sinf o`quvchilari davlat hisobidan ovqatlantirilmoqda.
“Xorazm viloyati va Qoraqalpog`istonda boshlang`ich sinf o`quvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan ta`minlash maqsadida 1 ming 263 ta umumta`lim maktabida tahsil oluvchi 285 ming nafar boshlang`ich sinf o`quvchilariga bepul ovqatlanish tizimi yo`lga qo`yilgan”, — dedi vazir.






