AsosiyDunyo

Tojikistonda yuk mashinasi avval bir nechta avtomobillarga urilib, keyin uylarga kirib ketdi: 10 kishi halok bo`lgan (video)

'Tojikistonda yuk mashinasi avval bir nechta avtomobillarga urilib, keyin uylarga kirib ketdi: 10 kishi halok bo`lgan (video)'ning rasmi

Tojikistonning Ko`lob shahrida yuk mashinasi boshqa engil avtomobillar va turar-joy binolariga borib urilgan. 10 kishi halok bo`ldi, 14 kishi jarohat olib kasalxonaga yotqizildi.

Hodisa 6 avgust kuni kechqurun Dushanbe-Ko`lob-Xorog` avtomobil yo`lida sodir bo`lgan. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi qurbonlar soniga aniqlik kiritmagan holda xabar bergan. Uning so`zlariga ko`ra, avtohalokatga tormozning nosozligi sabab bo`lgan. Prezident huzuridagi Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi TASS agentligiga qurbonlar va jarohatlanganlar sonini aniqladi.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Prezident Imomali Rahmon voqea joyiga Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, hukumat huzuridagi Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi rahbarlarini, Xatlon viloyati raisini jo`natdi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar