Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) sammitiga taklif etilmadi. Bu haqda Janubiy Afrika Respublikasi tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor ma`lum qilgan.
20 iyun kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna Emmanuel Makron 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan navbatdagi BRIKS sammitiga ishtirok etishni xohlashini tasdiqlagan.






