AQSh 2023 yilning yanvaridan mayigacha Xitoydan importni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga kamaytirdi.
“Joriy yilning dastlabki besh oyida AQShning Xitoydan importi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga kamaydi”, — deyiladi The Washington Post nashrida.
Shu bilan birga, AQSh g`aznachiligidagi manbaning ta`kidlashicha, importning umumiy miqdori inflyasiyani hisobga olgan holda "hali ham muhimligicha qolmoqda".
Bu yil AQShning asosiy savdo hamkorlari Meksika, Vetnam va Tailanddir.
Avvalroq Qo`shma Shtatlar Ukraina po`latini import qilish bo`yicha bojlar bekor qilinishini bir yilga uzaytirgan edi.






