Qirollik oilasi shahzoda Garrining rasmiy unvonini o`z veb-saytidan olib tashladi.
Bukingem saroyi bilan kelishuv doirasida qirolicha Elizaveta II 2020 yilda er-xotin endi Qirollik oliylari unvonidan foydalanmasliklarini e`lon qilgandi. Bundan tashqari, Sasseks gersogi va gersoginyasining ismlari ham oilaning bosh sahifasining pastki qismiga, qirol oilasining ishlaydigan a`zolari ostiga ko`chirildi.
Eslatib o`tamiz, Sasseks gersogi taxt vorisligiga akasi shahzoda Uilyam va uning uch farzandi – shahzoda Jorj, malika Sharlotta va shahzoda Luidan keyin beshinchi o`rinda turadi.






