Kecha, 13 avgust kuni kechqurun soat sakkizlarda Sankt-Peterburgda shimolidagi Xudojnikov shoh ko`chasidagi do`konda sabzavot va meva sotuvchi shaxs tarvuzni qimmat sotgani uchun pichoqlab ketilgan. Bu haqda Jurnalistik tekshiruvlar agentligi xabar berdi.
Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, sotuvchi 46 yoshli O`zbekiston fuqarosi bo`lgan.
Sotuvchi pichoqlangandan so`ng, tez yordam va polisiyani chaqirgan. IIV xodimlariga soat 19:50 da pavilyonga erkak kishi kirib kelganini ma`lum qilgan. Gumonlanuvchi dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, tarvuzni arzon narxda sotishni so`ragan. Va unga rad javobi berilgandan so`ng sotuvchini pichoqlagan.
Oshqozonidagi teshik jarohati bilan jabrlanuvchi 3-shahar kasalxonasiga yotqizilgan. U hujumchini katak ko`ylak kiygan 40 yoshli oq sochli erkak sifatida tasvirlashga muvaffaq bo`lgan. Jinoyat ishini qo`zg`atish masalasi hal qilinmoqda.






