Qozog`iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarov Evropa Ittifoqi tomonidan Rossiya orqali Qozog`istonga sanksiya qo`yilgan tovarlarning tranzitiga taqiq qo`yilgani haqidagi ma`lumotni soxta deb atadi. Bu haqda "Kursiv" nashri xabar bermoqda.
“Mazkur vazirlik ushbu ma`lumotlarga izoh berishi kerak. Lekin bu ma`lumotlar soxta ekanligini bilamiz”, — dedi Smadiyarov.
Smadiyarovning aniqlik kiritishicha, ma`lumot manbasi ko`rsatilmagan va “Evropalik hamkorlar bunday ma`lumot yo`qligini aytishmoqda”.
Ma`lumot uchun, Rossiyaning VPostMedia nashri 7 avgust kuni maqola e`lon qildi, unda 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab Evropa Ittifoqi Rossiya orqali Qozog`iston, O`zbekiston va Qirg`izistonga sanksiya qo`yilgan tovarlarning tranzitini butunlay taqiqlashi haqida xabar bergan edi.






