AsosiyDunyo

Ukrainalik diplomat Armanistondagi ko`lda cho`kib ketdi

'Ukrainalik diplomat Armanistondagi ko`lda cho`kib ketdi'ning rasmi

13 avgust kuni Ukraina diplomati Armanistondagi Sevan ko`lida cho`kib ketdi. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda. 

Armaniston polisiyasi ushbu voqea haqida cho`kib ketgan shaxsning ismi va fuqaroligini ko`rsatmasdan xabar bergan.

Shamshyan.com saytiga ko`ra, “suvda cho`kib halok bo`lgan shaxs Ukrainaning Armanistondagi elchisining maslahatchisi S.O." bo`lgan.

Qolaversa,  Sputnik Armaniston ham o`z manbalariga tayanib, Sevan ko`liga cho`kib ketgan shaxs Ukrainaning Armanistondagi muvaqqat ishlar vakili Aleksandr Senchenko ekanligini ma`lum qildi.

Aleksandr Senchenkoning o`limini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqlagan.

“Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ushbu yo`qotish munosabati bilan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar