Isroilni issiqlikning yangi to`lqini qamrab oldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Meteorologiya xizmati yilning eng issiq kunlaridan birini qayd etdi, havo harorati butun mamlakat bo`ylab 40 darajadan oshdi, Iordaniya vodiysi hududida esa 46 dan 49 darajagacha issiq. Hafta so`ngida harorat biroz pasayishi kutilmoqda. Sog`liqni saqlash mutasaddilari aholini kunduzi quyoshdan saqlanishga, ko`p suv ichishga, bolalar va qariyalarga alohida e`tibor qaratishga chaqirmoqda.






