1

Jaloliddin Masharipov Saudiyaning "Al-Nasr" klubini tark etdi

Sport 17.08.2023, 22:20
Jaloliddin Masharipov Saudiyaning "Al-Nasr" klubini tark etdi

Krishtianu Ronaldu to`p surayotgan Saudiyaning "Al-Nasr" klubi o`zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov jamoani tark etganini malum qildi. Tomonlar o`zaro kelishuvga ko`ra shartnomani bekor qildi.

Masharipov "Al-Nasr"da 2021 yildan beri to`p suradi, o`shandan beri Saudiya klubi uning transferi uchun "Paxtakor"ga 1 million evro to`lagan.

Jaloliddin faoliyati davomida Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” va Toshkentning “Lokomotiv” klublari ham o`rin olgan.

Oldinroq Ronaldu "Al-Nasr"da Masharipovdan ettinchi raqamni olgani va u klubning bu qaroridan norozi bo`lgani aytilgandi. 

O`tgan mavsumda "Paxtakor"ning 29 yoshli o`yinchisi Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Nasr" safida 14ta o`yin o`tkazib, 2ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1