1

O`zbekistonning ikki futbol klubi Qatar klublari ustidan g`alaba qozonib, OChL guruh bosqichiga chiqdi

Sport 23.08.2023, 10:51
O`zbekistonning ikki futbol klubi Qatar klublari ustidan g`alaba qozonib, OChL guruh bosqichiga chiqdi

Kecha, 22 avgust kuni OChL saralash bosqichida O`zbekistonning ikki klubi kuni o`z o`yinlarini o`tkazdi.

Namanganning "Navbahor" jamoasi "Al-Vakra"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy bo`limlarida hisob ochilmadi. G`olib nomini aniqlash uchun belgilangan qo`shimcha bo`limlarda namanganliklar hisobni ochdi. 98-daqiqada Doniyor Abdumannopov o`z hisobiga gol yozdirib qo`ydi. Qolgan daqiqalarda esa gol urilmadi va Samvel Babayan jamoasi OChL guruh bosqichiga yo`l oldi.

Yana bir bahsda AGMK "Al-Arabi"ga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo`limda darvozalar ishg`ol etilmadi. Ikkinchi bo`limda esa Ruben Sanches olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol o`yinda yagonaligini saqlab qoldi va AGMK ham OChL guruh bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Shu tariqa 2016 yildan so`ng ilk bor O`zbekistonning 4 klubi OChL guruh bosqichida ishtirok etadi.

Qayd etish mumkin, 24 avgust kuni soat 13:00 da OFK bosh qarorgohida Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur`a tashlanadi.

Qur`ada "Paxtakor" 1-savatdan, "Nasaf" 2-savatdan joy oladi. Shuningdek, saralash orqali musobaqaga qo`shilgan "Navbahor" hamda AGMK jamoalari 4-savatdan o`rin egallaydigan bo`ldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1