1

Taekvondo ITF: O`zbekiston ikkita nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi

Sport 23.08.2023, 12:52
Taekvondo ITF: O`zbekiston ikkita nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi

Bugun Qozog`iston poytaxtida taekvondo ITF bo`yicha XXII jahon chempionati musobaqalari boshlandi. 100 dan ziyod davlat vakillari qatnashayotgan musobaqalarda O`zbekiston terma jamoasining 18 ta sportchisi chempionlik uchun kurash olib bormoqda.

Kecha chempionat oldidan Xalqaro taekvondo federasiyasi (ITF)ning navbatdagi kongressi bo`lib o`tdi. Unda bir qator masalalar ko`rib chiqildi. Ijroiya qo`mita a`zolari tomonidan 2024 yilgi jahon chempionatini o`tkazishga da`vogar mamlakatlarning imkoniyatlari tahlil etildi. 

Anjumanda ishtirok etgan kongress a`zolari huzurida jahon chempionatini o`tkazishga da`vogarlik qilayotgan davlat vakillari o`z taqdimotlarini o`tkazdi. Mamlakatimizdagi shart-sharoitlar, yurtimizning sport potensiali xususida O`zbekiston taekvondo milliy assosiasiyasi rahbari Laziz Hasanov kongress qatnashchilariga ma`lumot berdi. 

O`z navbatida Xalqaro taekvondo federasiyasi Ijroiya qo`mitasi a`zolari O`zbekistonda sportga berilayotgan e`tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangicha infratuzilmaning vujudga kelayotganini e`tirof etdi. 

Ovoz berish natijalariga ko`ra, taekvondo bo`yicha 2024 yil tashkil etiladigan jahon kubogi va IMGC yo`nalishida yakkakurashlar bo`yicha jahon chempionati musobaqalariga mezbonlik uchun kurashda O`zbekiston 145 ta davlat orasida ustunlikka erishdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1